Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinalari samaradorligi pastligi tan olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish markazi rahbari Gao Fu mamlakatda ishlab chiqarilgan koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinalarning samaradorligi pastligi haqida gapirdi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan.  

Gao Funing so‘zlariga ko‘ra, Xitoy vaksinalari "juda yuqori darajadagi himoya darajasiga ega emas". 

Shuningdek, u ayni paytda mamlakat rasmiylari "turli xil texnik liniyalardagi turli xil vaksinalarni" ishlatish imkoniyatlarini muhokama qilayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Agentlikka ko‘ra, Xitoy rasmiylari Gao Funing vaksina to‘g‘risidagi bayonotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermagan. 

Shu bilan birga, mamlakat Kasalliklarni nazorat qilish markazining yana bir vakiliga ko‘ra, hozirgi vaqtda Xitoyda RNK asosida vaksinalar yaratish ustida ishlanmoqda, ular klinik sinovlar bosqichiga ham o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing