Koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
22 Sentyabr 2020 17991 1 daqiqa
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi 449-son Qarori bilan, 2020 yilning 1 oktyabriga qadar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi.
Hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari kiritildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, begilangan tartib, 2021 yilning 1 martiga qadar uzaytirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu ro‘yxatga Xitoyda ishlab chiqarilgan Lyanxua Sinven dori vositasi ham qo‘shilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr