Koronavirusga qarshi dori Rossiyada qachon paydo bo‘lishi aytildi

Olam

image

Koronavirusga qarshi “Favipiravir” dorilari partiyasi Rossiyada keyingi hafta paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu preparatdan Xitoyda koronavirusga qarshi foydalanilgan va yomon natija ko‘rsatmagan. Ushbu dori ilk bor Yaponiyada ixtiro qilingan. U sotuvga 2014 yildayoq chiqarilgan edi. Rossiya uni keyingi hafta o‘z bemorlarida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Dmitriyevning ma’lum qilishicha, fond sun’iy nafas beruvchi apparatlar va zarur tibbiy jihozlarga moddiy yordam ko‘rsatadi. Bu COVID-19 ga qarshi kurashda samara beradi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 6 343 nafar odam chalindi. 406 bemor shifo topgan bo‘lsa, 47 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

1129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing