Koronavirusga qarshi birinchi dori – Avifavir Rossiya bo‘ylab tarqatildi

Salomatlik

image

Avvalroq, Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi dori ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edik. "Interfaks" nashrining aniqlik kiritishicha, preparatning birinchi partiyalari Moskva, Leningrad, Novgorod, Kirov, Nijniy Novgorod viloyatlari, Tatariston va Yekaterinburgdagi klinikalarga yetkazilgan.

"Iyun oyida 60 mingta "Avifavir" kurslari Rossiya shifoxonalariga yetkaziladi", deyiladi xabarda.

Dori ishlab chiqaruvchisining ta’kidlashicha, kerak bo‘lsa ishlab chiqarishni yiliga ikki million kursgacha oshirish mumkin. Ma’lum qilinishicha, ushbu dori vositasi koronavirusga chalingan bemorlarda 3 kun ichida natija ko‘rsatadi, o‘rtacha 6 kunda esa organizm butunlay koronavirusdan xalos bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 29 mayda "Avifavir" Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Dori davolanish uchun vazirlikning ko‘rsatmalariga kiritilgan va Favipiravir asosida koronavirusni davolash uchun tasdiqlangan dunyodagi birinchi dori bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilar ushbu dori yaxshi o‘rganilganligini ta’kidladilar. U Yaponiyada 2014 yildan beri grippning og‘ir shakllariga qarshi ishlatilgan.

Davolashning dastlabki to‘rt kunidagi natijalarga ko‘ra, "Avifavir"ni qabul qilgan 40 bemorning 65 foizining koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan. 10 kundan so‘ng, ushbu 40 nafar bemorning 90 foizida test natijalari organizmda koronavirus yo‘qligini qayd etdi. "Avifavir"ni qabul qilgan bemorlarning 68 foizida, uchinchi kuni tana harorati normal holatga qaytgan.

Hozirgi vaqtda preparatni klinik sinovlarining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda, unda 330 bemor Moskva, Sankt-Peterburg, Tver, Nijniy Novgorod, Smolensk, Ryazan, Qozon, Ufa, Dog‘istonda qatnashmoqda.

Dori shifoxonalarga bepul yetkazib beriladi, u sotuvga chiqarilmaydi. Chunki tadqiqotlarga ko‘ra, agar u homilador ayol tomonidan qabul qilinsa, bu bolada deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilganidan so‘ng, olimlar uch oy davomida ayollarga ham farzand ko‘rishni tavsiya etmaydilar.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirusga qarshi dori Avifavir

Baholaganlar

900

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing