Koronavirusga ikkinchi marta chalinish holati aniqlandi

Olam

image

Tailandlik ayol koronavirusdan tuzalgandan bir hafta o‘tgach kasallikka qayta chalindi. Bu haqda mahalliy "Thai Rat" nashri xabar berdi.

Chayyapxum viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining ta’kidlashicha, 38 yoshli ayol mart oyi boshida chet eldan uchib kelgan. Bir ozdan so‘ng o‘zini yomon his qilib, shifokorlarga murojaat qilgan. Koronavirus testi orqali unda infeksiya borligini aniqlangan.

Ayol ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida poytaxt shifoxonalaridan birida davolanib chiqqan. Qayta tekshiruvlar natijasida unda kasallik aniqlanmagan. Ayol Chayyapxumga qaytib kelgandan so‘ng, 4 aprel kuni yana o‘zini yomon his qilib shifokorga borgan. Unda yana koronavirus aniqlangan.

"Bu g‘alati hodisa, ammo bu tibbiy hujjatlar va epidemiologik tekshiruv paytida Bangkok shifoxonasi shifokorlarining ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan", deydi Chayyapxum viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vatchira Botxibun.

Ta’kidlanishicha, Chayyapxumda koronavirus bilan bog‘liq atigi 4 ta holat aniqlangan. Shu to‘rttaning ikkitasi ham yuqoridagi ayol bilan bog‘liq.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandda koronavirus bilan bog‘liq 2423 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 940 nafari tuzalgan, 32 nafari vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Tailand Koronavirus

Baholaganlar

1342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing