Koronavirusga chalingan Rossiya Bosh vaziri ishdan olinadimi?

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani va u bu haqda Prezident Vladimir Putinga ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, uning ishdan ketishi haqida turli xabarlar paydo bo‘la boshladi.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir qator ommaviy axborot vositalarida koronavirus bilan kasallangan Bosh vazir Mixail Mishustinning tuzalgandan so‘ng, o‘z lavozimiga qaytmasligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Peskov bu gap-so‘zlarni “quruq safsata”, deb atagan.

“Bu gaplarning barchasi quruq safsata”, degan Peskov RIA Novostiga.

Mishustinning ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar fonida ba’zi ommaviy axborot vositalari Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari, tuzalib ketganidan keyin o‘z lavozimiga qaytmasligi mumkinligi haqida yoza boshlagan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 106 498 nafar odam chalindi. 11 619 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1073 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Mishustin

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing