Koronavirusga chalingan Makronning ahvoli yaxshilanmoqda

Olam

image

Avvalroq, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Prezident kasallanganiga qaramay, ishini davom ettirmoqda, uning ahvoli barqaror. Bu haqda bugun, 19 dekabr kuni Prezident ma’muriyatida xabar berilgan.

“Respublika Prezidentining holati juma kungi holatga nisbatan barqaror. Uning simptomlari bir xil (charchoq, yo‘tal, tanadagi og‘riqlar), bu unga hech qanday tarzda o‘z funksiyalarini bajarishga xalaqit bermaydi. Klinik va paraklinik tekshiruvlar muntazam ravishda Prezident tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilmoqda. Ularning natijalari quvonarli”, deyilgan Yelisey saroyi axborotida.

17 dekabr, payshanba kuni Yelisey saroyi Matbuot xizmati Makronning koronavirusga chalinganini e’lon qildi. Prezident ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Fransiya rahbari o‘z ishini davom ettiradi va faoliyatini masofadan turib amalga oshiradi. U o‘zini Versal saroyi va park kompleksi hududida joylashgan qarorgohida izolyatsiya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Makron

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing