Koronavirusga chalingan 33 bemorni davolayotgan qahramon shifokorlar kimligi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

photo_2020-03-20_15-57-17
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning ahvoli ma’lum qilindi north_east

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning ahvoli ma’lum qilindi

Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi? north_east

Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi?

COVID-19 koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi bilan mamlakatda virusning ommaviy tarqalib ketishining oldini olish uchun qator choralar ko‘rildi. Kasallikka chalinganlar esa 5 kunda 33 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirli koronavirus infeksiyasi bilan kurashayotgan shifokorlar mas’uliyati va ularning mehnati haqida ma’lumot berdi.

"Azaldan xalqimiz tomonidan insonlarga shifo ulashguvchilar qadrlanib kelingan. Negaki, salomatlik eng qutlug‘ ne’matdir. Ana shu ulug‘ ne’matni asrashdek sharafli kasbni tanlagan shifokorlarimizning zimmasida katta mas’uliyat bor. Shunday sharafli vazifani o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining har bir kuni qahramonlikdir.

Koronavirus infeksiyasi dunyoga tahdid solib turgan bir paytda, tibbiyot xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada oshishi bilan birga, ular faoliyatining har kuni, kerak bo‘lsa, har daqiqasi qahramonlik ekanligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayni vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasiga chalingan yoki gumon qilinganlarga birinchi bo‘lib, tibbiyot xodimlari ro‘baro‘ kelishadi. O‘z kasbiga sodiq qolgan holda, bemorlarni tibbiy kuzatuvga olishib, zudlik bilan davolash choralarini ko‘rishmoqda.

Mana shunday fidoyilik va qahramonlikka dunyo xalqlari qatori, vatandoshlarimiz ham guvoh bo‘lishmoqda va e’tirof etishmoqda. Kechadan buyon shifokorlarimiz tomonidan uyushtirilayotgan “Men siz uchun ishda qoldim, siz men uchun uyda qoling!” chellenji aholining mehri va e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ushbu chellenjga ko‘plab munosabatlar bildirilmoqda.

Jumladan: “Aslida har kim ham shifokor bo‘lolmaydi, har kim ham mana shunday murakkab vaziyatda sadoqatini namoyon qilolmaydi. Lekin xonadonidan eng mas’uliyatli nuqta tomon yo‘l olayotganida, uni ming xavotir bilan kuzatib qo‘yayotgan rafiqasiga, turmush o‘rtog‘iga, mehribon onasi, otasi, ko‘zlari mo‘ltirab turgan o‘g‘li yo qiziga: “Hali hammasi yaxshi bo‘ladi... ”, deya kulib taskin bergan, ish joyida mijja qoqmay xizmat qilayotgan shu shifokorlar chin fidoyi insonlardir. Ular haqiqiy qahramonlardir” kabi iliq munosabatlar shifokorlarning faoliyatiga haqiqiy bahodir.

Shu o‘rinda aholi tomonidan bildirilayotgan e’tiroflar tibbiyot xodimlari uchun ulkan mukofotdir. Bundan tashqari, saxovatpesha insonlar tomonidan aholi o‘rtasida gigiyena vositalarining xayriya sifatida ulashilayotgani, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishiga qarshi matonat bilan kurashayotgan jonkuyar tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari bilan chiqayotgani quvonarlidir. Bu azaldan yurtga kulfat kelganda xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib, birlashishga qodir ekanining yana bir yorqin dalilidir.

Eng muhimi, shifokorlarimizning tavsiyalariga qat’iy amal qilgan holda, imkon qadar ko‘chaga chiqmasdan, gigiyena qoidalariga amal qilsangiz tibbiyot xodimlariga eng katta ko‘makni bergan bo‘lasiz. Birdamligimiz esa dunyoni larza solayotgan ofat ustidan g‘olib bo‘lishimizda hal qiluvchi rol o‘ynashi shubhasiz", deyiladi vazirlik xabarida.

Suratda: Koronavirusga chalingan bemorlarga tun-u kun xizmat ko‘rsatayotganlar — Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh vrachi, tibbiyot fanlari doktori, Muhayyo Asilova (markazda) va uning ahil jamoasi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

814

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing