O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning ahvoli ma’lum qilindi

Jamiyat

image
Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi? north_east

Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi?

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar sog‘aymoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi.

“Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. 

Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. Davolash muasasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud”, deydi Almatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1053

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing