Koronavirusdan uyda davolanayotganlar nimalar qilishi kerak?

Bu qiziq

image

Koronavirusga chalingan, lekin kasallikning alomatlari bo‘lmagan bemorlar, yangi qoidalarga muvofiq, uy sharoitida kuzatuvda bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim? Bunga AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Hyabibulla Oqilov quyidagicha javob bergan.

“Simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga haqiqatdan ham uy sharoitida kuzatuvda bo‘lishga ruxsat berildi.  Kuzatuvni oilaviy poliklinikadan umumiy amaliyot shifokori olib borishi shart!

Har kuni telefon orqali bemor bilan bog‘lanib, uning ahvolidan, tana harorati va boshqa shikoyatlari bor- yo‘qligidan xabardor bo‘lishi kerak”, deydi Oqilov.

Shuningdek, Oqilov quyidagi tavsiyalarni ham berib o‘tdi. 

•    uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi lozim;

•    jismoniy faollikk, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarish, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim;

•    idish-tovoqlari bir marotaba ishlatiladigan yoki o‘zi uchun individual bo‘lishi kerak;

•    dori vositalaridan faqat qonni suyultiruvchi va imunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin;

•    agar kuzatuv davrida qandaydir shikoyatlar paydo bo‘lsa: yo‘talish, tomoq qirilishi, ta’m yoki hid sezishning buzilishi, tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan oila shifokoriga yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shifoxonaga o‘tkazilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Habibulla Oqilov

Baholaganlar

1065

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing