Koronavirusdan o‘lim xavfini to‘rt baravar oshiruvchi omil aniqlandi
Salomatlik
−
17 mart 2021
19928Angliyaning Lester universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazdi va yangi turdagi koronavirusdan o‘lim xavfini to‘rt baravar oshiradigan omilni aniqladi. Bu haqda "The Daily Mail" xabar bergan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, olimlar sekinroq yuradigan odamlar COVID-19 dan to‘rt marta ko‘proq o‘lishini aniqlagan.
Tadqiqotda 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 412 mingdan ortiq bemorning ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
Shunday qilib, olimlar yurish sur’ati past bo‘lgan fuqarolar 3,75 marta ko‘proq o‘lishini aniqlagan.
Shu bilan birga, vazni normal, ammo sekin yuradigan odamlarda vazni og‘ir va tez yuradigan odamlarga qaraganda koronavirusning og‘ir shakli rivojlanish xavfi 2,5 baravar yuqori bo‘lishi aniqlangan.