Koronavirusdan o‘lim holatlari kuchaydi – JSST

Olam

image

23 oktyabrdan 19 noyabrgacha dunyoda 519 mingdan ortiq kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan, 2,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Dunyo miqyosida kasallanish darajasi avvalgi to‘rt haftaga nisbatan 13 foizga, o‘lim darajasi esa 72 foizga kamaydi. Biroq, G‘arbiy Tinch okeani mintaqasida kasallanishning 14% ga o‘sishi qayd etilgan, Afrika va Sharqiy O‘rta yer dengizida esa o‘lim darajasi mos ravishda 167% va 12% ga oshgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt hafta ichida dunyoda 519 399 infeksiyaga chalinish va 2 456 o‘lim holati aniqlangan. 

G‘arbiy Tinch okeani mintaqasida to‘rt hafta ichida yangi Covid holatlari soni 14 foizga oshdi, o‘limlar esa 38 foizga kamaydi. Yevropada kasallanish 18 foizga va o‘lim 49 foizga kamaygan. Afrikada 14 foizga kamroq kasallik qayd etilgan, ammo o‘lim soni 167 foizga oshgan. Sharqiy O‘rta yer dengizida 19% kamroq odam kasal bo‘lib, o‘lim soni 12% ga oshdi. 

To‘rt hafta davomida eng ko‘p kasallanish Rossiyada aniqlangan – 121 482. Keyingi o‘rinlarda Italiya (104 165), Singapur (65 021), Avstraliya (34 635) va Polsha (21 876). Italiyada eng ko‘p o‘lim qayd etilgan – 597. Keyingi o‘rinlarda Shvetsiya (372), Rossiya (250), Eron (158) va Chexiya (112) bormoqda. 

Global sog‘liqni saqlash favqulodda holati 2020 yil yanvar oyi oxiridan 2023 yil 5 maygacha amal qildi. 2020 yil 11 mart kuni JSST COVID-19 epidemiyasini pandemiya sifatida tavsifladi. 2023 yil 22 noyabr kuni tashkilot veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 772 166 517 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan va 6 981 263 kishi vafot etgan. JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus 5 may kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda halok bo‘lganlarning haqiqiy soni kamida 20 million ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing