Koronavirusdan keyingi holsizlikni qanday yengish mumkin? 

Salomatlik

image

Yengil jismoniy faollik koronavirus infeksiyasi oqibatlarini yengishga yordam beradi. Bu haqda Italiya Umumiy amaliyot shifokorlari federatsiyasi Bosh kotibi Silvestro Skotti ma’lumot bergan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda uy izolyatsiyasida bo‘lgan 700 ming nafar bemorning kamida 200 ming nafari infeksiya oqibatlaridan qiynalmoqda.

Kasallikning asosiy sindromi - holsizlikka qarshi kurashish uchun shifokor harakat qilishni maslahat bergan.

"Asta-sekin harakat qilishni boshlash muhim. Iloji bo‘lsa, 4-5 ming qadam yuring, zinapoyadan ko‘tariling, velotrenajerda shug‘ullaning. Oddiy mashqlar bajaring. Psixologik nuqtai nazardan holsizlikni hissiy tushkunlik, kamharakat turmush tarzi va uydan ishlash bilan bog‘lash mumkin", degan mutaxassis.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 68 mlndan oshgan. 1,5 mln bemor vafot etgan. 

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 206 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar jami 71 482 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made