Koronavirus qurbonlari 900 mingdan oshdi

Olam

image

Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 

Worldometer’ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 9 sentyabr kuni ertalab xavfli infeksiyani yuqtirish holatlari soni 27 million 740 264 ga yetdi. 

COVID-19 tufayli vafot etganlar esa 900 mingdan oshib, 901 871 kishini tashkil etmoqda. 

Yuqtirish va o‘lim holatlarining eng ko‘pi Amerika Qo‘shma Shtatlarida qayd etilgan. AQSHda xavfli infeksiya tufayli 194 032 kishi vafot etdi. 

Qo‘shma Shtatlardan keyin Braziliya (127 517), Hindiston (73 923),Meksika (68 484), Buyuk Britaniya (41 586), Italiya (35 563), Fransiya (30 764), Peru (30 123), Ispaniya (29 594) va Eron (22 542). 

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 44 781 nafarga yetdi. Ularning 42162 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 364 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing