Koronavirusdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bola vafot etdi – Turkiya SSV

Olam

image

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqiqatan ham qaltis tus olmoqda. Mamlakatda ushbu virusdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bola vafot etdi. Ularning 6 nafarni 2 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar, 1 nafarini 2-4 yosh, 5 nafarini 5-14 yosh orasidagi bolalar tashkil etadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan 11 martdan 30 avgustgacha bo‘lgan davrda ushbu virusdan 6 326 kishi vafot etgan. Qurbonlar orasida 15-24 yosh orasida bo‘lgan 10 nafar o‘smir ham bor. Ushbu davrda COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlarning 3 930 nafari yoki 62 foizini erkaklar, 2 396 nafari yoki 38 foizini ayollar tashkil etmoqda. 

Vafot etganlarning 4 491 nafari yoki 71 foizi 65 yoshdan kattalar. Ushbu raqamlarning 25 foizi 80 yosh va undan kattalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘jaga ko‘ra, avgust oyida koronavirusga chalingan har 100 bemorning 40 nafarini 20-40 yosh orasidagilar tashkil etmoqda. Pnevmoniyani rivojlantiradigan bemorlarning 11 foizi ham ushbu yosh guruhiga kiradi. 

Ma’lumot o‘rnida, 7 sentyabr holatiga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 279 806 kishini tashkil etmoqda. Ularning 251 105 nafari yoki 89 foizi sog‘aygan, 6 673 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing