Koronavirusdan himoyalanish uchun uch marta emlanish kerak – Bill Geyts
Olam
−
18 fevral 2021
3165Microsoft asoschisi Bill Geytsning fikricha, koronavirusdan himoyalanish uchun insonlar uch marta emlanishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi vaksina mutatsiyaga uchragan virusdan himoya qiluvchi preparat bo‘lishi mumkin.
"Hozirgi asosiy savol, bu bizda mavjud vositalar va usullar bilan universal emlashni ta’minlash kerakmi yoki uch bosqichda emlash kerakmi yoki vaksinani o‘zgartirish kerakmi?" degan Geyts.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSHning barcha vaksinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari yangi shtammlar uchun qo‘shimcha dori vositalarini yaratish zaruriyatini o‘rganmoqda.
LiveBarchasi