Koronavirusda yeyish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ma’lum qilindi
Salomatlik
−
06 noyabr 2020
15312Koronavirusga chalinganlar ratsionida sho‘r mahsulotlar va spirtli ichimliklar bo‘lmasligi kerak. Bu haqda terapevt Filipp Kuzmenko ma’lumot bergan.
"Koronavirusda suv-tuz balansi saqlanishi kerak. Tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lgan yeguliklardan tiyilish zarur. Tuzlangan baliq, tuzlangan bodring va boshqa shunga o‘xshash narsalarni ko‘p miqdorda iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq. Bularning o‘rniga ko‘proq suv ichish kerak", degan shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tuzli mahsulotlar qonni quyuqlashtiradi, bu esa koronavirusda zararli.
Shuningdek, shifokor spirtli ichimliklar iste’mol qilishni cheklash kerakligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, spirtli ichimliklar organizmni suvsizlantiradi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 49 milliondan oshdi. 1,2 million odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.