Koronavirusda o‘pkaning zararlanish darajasi nimaga bog‘liq?

Salomatlik

image

Bolalar koronavirusga chalingan taqdirda, ularning o‘pkasida atigi 2,4 foiz zararlanish kuzatiladi. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti vakili Aleksandr Gorelov ma’lum qilgan. 

"O‘pka zararlanishi ehtimoli bolalarda 2,4 foizdan oshmaydi. Uning foizi yoshga qarab ortadi", deya tushuntirgan mutaxassis. 

Gorelovning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 alomatlari bolalar va kattalar o‘rtasida deyarli farq qilmaydi. Bolalarda belgilar biroz yengil bo‘lishi mumkin.

Bolalar va kattalarning koronavirusga qarshi profilaktika choralari ham bir xil bo‘ladi. 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlarning deyarli 50 foizida koronavirus yengil o‘tadi. 32,3 foizida hech qanday koronavirus belgilari kuzatilmaydi. 0,2 foizida esa koronavirus og‘ir o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 47 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing