Koronavirus zaiflashmoqda – virusolog
Salomatlik
−
11 iyun 2020 23135 1 daqiqa
Kuzda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligi mumkin. Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus zaiflashmoqda. Bu bayonotni italiyalik virusolog Massimo Klementi bildirib o‘tdi.
Milan shahridagi "Vita-Salute San Raffaele" universiteti prorektori Massimo Klementining ta’kidlashicha, may oyida italiyalik shifokorlar koronavirus bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlarda kasallikning og‘ir shakli kamayganini aniqlashgan.
"Shu bilan birga, nafaqat bemorlar sonining qisqarishi, balki reanimatsiya bo‘limida davolanishga muhtoj bo‘lganlar sonining qisqarishi kuzatildi. Shu bilan birga, uyda davolanishi mumkin bo‘lgan bemorlar soni ko‘paydi", deydi Massimo Klementi.
Avvalroq, koronavirusning agressivligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr