Koronavirus yuqtirganlarni davolayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qo‘shimcha ustamalar to‘lash bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror ustama

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing