Koronavirus Yevropaning yana ikkita davlatiga kirib bordi
Olam
−
02 mart 2020
10675Koronavirus Yevropaning yana ikkita davlatiga kirib bordi
Bugun, 2 mart kuni Andorrada koronavirusga chalinish holati ilk bor kuzatildi. Bu haqida hukumat ma’lumotlariga asoslanib, "El Periodic" gazetasi xabar bermoqda.
“Andorra Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus holati bo‘yicha protokollarni faollashtirmoqda. Sog‘liqni saqlash organi vakillarining tasdiqlashicha, 20 yashar bemordan olingan tashxislar ijobiy natija chiqargan”, deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, infeksiya yuqtirgan shaxs Milandan kelgan. 29 fevral kuni uni mahalliy shifoxonalardan biriga joylashtirishgan. Bundan tashqari, bemor bilan bir samolyotda bo‘lgan yana ikki kishi uy sharoitida kuzatuvda bo‘lib turibdi. Andorra Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlarga bormaslikni tavsiya etmoqda.
Koronavirus Portugaliyada ham ilk bor qayd etildi.
Bugun, 2 mart kuni “Sabado” nashrining ma’lum qilishicha, kasallangan ikki nafar bemor Portu shahridagi shifoxonaga joylashtirilgan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlardan biri Italiyadan, ikkinchisi Ispaniyadan kelgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 89 769 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3061 kishi vafot etdi. 45 147 bemor shifo topgan.
Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80026 bemor – 2912 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4335 – 26), Italiya (1696 – 34), Eron (1501 – 66), Yaponiya (256 – 6).
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar