Koronavirus vaksinasi sabab dunyoda milliarderlar 9 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farmatsevtika kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishi ortidan dunyoda milliarderlar soni to‘qqiztaga ko‘paydi. Bu haqda “The People's Vaccine Alliance” ma’lum qildi.

Yangi milliarderlar qatoriga Moderna kompaniyasining to‘rt vakili – bosh direktor Stefan Bansel, ta’sischilardan bo‘lgan Nubar Afeyan va investorlar Timoti Spinger hamda Robert Langer kirgan.

Bundan tashqari, ro‘yxatga BioNTech rahbari Ugur Shaxin, Ispaniyaning Rovi farmatsevtik kompaniyasi bosh direktori Xuan Lopes-Belmonte va Xitoyning CanSino Biologics kompaniyasining uch nafar ta’sischisi kirgan.

Ta’kidlanishicha, yangi milliarderlarning umumiy boyligi 19,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing