Koronavirus va ispan grippi o‘rtasida o‘xshashlik bormi?

Bu qiziq

image

Koronavirus va 1918-1920-yillarda yillarda dunyoda tarqalgan ispan grippi o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar bor. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov ma’lumot bergan. 

"Ikkisi ham havo tomchilari orqali yuqadigan nafas olish yo‘llari infeksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, tarqalishda umumiy xususiyatlar mavjud", deya ta’kidlagan ekspert. 

Shu bilan birga, u koronavirusning epidemik salohiyati gripp virusidan yuqori ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, ispan grippi pandemiyasi 1918 yildan 1920 yilgacha davom etgan. Kasallik va o‘lim jihatidan eng keng tarqalgan gripp pandemiyasi bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 100 million odam ispan grippidan vafot etgan.

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi boshlanganidan buyon dunyoda 44 milliondan ortiq bemor aniqlangan. 1 milliondan ko‘p odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus ispan grippi

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing