Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘limlar soni oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda kecha, 7 iyun kuni 199 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 7 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 kishiga ortib, 102 163 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 7 nafari Andijon viloyatida;
  • 5 nafari Buxoro viloyatida;
  • 4 nafari Jizzax viloyatida;
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 22 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 4 nafari Xorazm viloyatida;
  • 3 nafari Toshkent viloyatida;
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar;
  • Andijon viloyatida 24 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 4 nafar;
  • Samarqand viloyatida 63 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar;
  • Toshkent viloyatida 83 nafar;
  • Toshkent shahrida 54 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98129 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing