Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik ko‘rsatkich o‘sdi, 2 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
03 iyun 2021
6503O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha kunlik kasallik qayd etish ko‘rsatkichi o‘sib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 2 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 271 kishiga ortib, 100 997 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 5 nafari Jizzax viloyatida;
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 40 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 24 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 7 nafari Xorazm viloyatida;
- 37 nafari Toshkent viloyatida;
- 124 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 26 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar;
- Navoiy viloyatida 3 nafar;
- Samarqand viloyatida 37 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar;
- Xorazm viloyatida 15 nafar;
- Toshkent viloyatida 72 nafar;
- Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96889 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 693 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3415 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi