Koronavirus o‘lim bo‘yicha OIV, sil va bezgakni ortda qoldirdi - JSST
Olam
−
21 dekabr 2021
3884Koronavirus o‘lim soni bo‘yicha orttirilgan immunitet virusi (OIV), bezgak va sil kasalliklarini ortda qoldirdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, joriy yil boshidan beri COVID-19'dan 3,3 milliondan ortiq o‘lim qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda OIV, bezgak va sil kasalligidan o‘lganlar umumiy sonidan oshib ketgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus haftasiga 50 mingga yaqin odamning o‘limiga sababchi bo‘lmoqda. Bu faqatgina rasmiy hisob-kitoblar, biroq xabari kelmayotgan o‘limlar ham talaygina. Shuningdek, pandemiya tufayli sog‘liqni saqlash xizmatlari ishidagi uzilishlar oqibatidagi o‘limlar ham hisobga olinmagan.
Aytish joizki, Gebreyesus e’tiborni “omicron” shtammining “delta”ga qaraganda tezroq tarqalishiga qaratib, hozir bunga “ishonchli dalillari” borligini ta’kidlagandi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan bayramlar infeksiyalarning navbatdagi ko‘payishiga va shunga mos ravishda o‘limga, shuningdek, shifoxonalarda bemorlar soni haddan tashqari oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan tashkilot bayram tadbirlarini bekor qilish yoki keyinga qoldirishga chaqirdi.
LiveBarchasi