Dunyoga “tushkunlik urug‘ini” sochgan Uxanda bugun hayot qanday? (fotoreportaj) 

Olam

image

COVID-19 koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lganiga ham bir yil oshdi. Yer yuziga koronavirus pandemiyasini "sovg‘a qilgan" Xitoy markazidagi Uxan shahri esa allaqachon normal hayotga qaytib bo‘lgan.

Shaharda COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. Shundan so‘ng, Xitoy rasmiylari ulkan megopolisda qat’iy karantin joriy qilib, odamlarning o‘z kvartalidan tashqariga chiqishini ham taqiqlagandi. Nazoratni esa harbiylar olib bordi.

11 million odam yashaydigan shahar yuqumli kasalliklar o‘chog‘iga aylangandi. Bir necha oy davomida bu kasallik dunyoning deyarli barcha mamlakatiga tarqalib ulgurdi. 

Shaharda karantin davomida infeksiyaga chalinganlar soni 40 mingdan oshdi. Mart oyiga kelib, Uxanda epidemiologik vaziyat o‘nglanib, hukumat karantin choralarini yumshatishni boshladi. Aprelning sakkizinchi kuni esa karantin rasman bekor qilindi.

Mutaxassislarning fikricha, aslida kasallik noyabrdan oldinroq tarqala boshlagan bo‘lishi mumkin, biroq bu rasman tasdiqlanmagan.

Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan. Ammo afsuski, bu masalada ham mutaxassislar yakuniy xulosaga kela olmagan.

Hozirgi kungacha butun Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 86 ming 646 nafarni tashkil etmoqda. 81 ming 732 nafar odam sog‘aygan, 4 ming 634 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Uxan'

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing