Koronavirus shifokorlari va karantinga olinganlar qancha maosh oladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha karantin rejimi vaqtida shifokorlar maoshi va karantinga olinganlar ish haqlari masalasi bugun kun tartibida turibdi. 

Koronovirusga karshi kurashgan tibbiyot xodimlariga, ya’ni kasallik bilan bevosita ishlashga to‘g‘ri kelganlarga 120 foiz qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilangan. Bu imtiyozni boshqa sohadagi tibbiyot xodimlariga berilmasligi to‘g‘rimi? Mazkur savol bilan Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyevaga yuzlanildi. 
 
“19 mart kuni Davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan videoselektorda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilganligi va ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab, oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 
 
Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmonida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga  6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilinishi belgilandi. 
 
Demak, tibbiyot xodimlarining ish haqiga qo‘shimcha ustama koronavirusga qarshi kurashish ishlariga jalb qilingan xodimlarga beriladi”, deydi O‘rinboyeva savolga javoban. 
 
Rasmiy vakil, shuningdek oila a’zolari kasallangani sababli karantinga olingan shaxslarga ish haqi saqlanishi yuzasilan quyidagilarni gapirdi:

"Mehnat kodeksiga ko‘ra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya  organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa beriladi. 
 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi. 

Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (679 ming 330 so‘m)ning 35,2 foizidan, ya’ni 239 ming 124 so‘mdan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim. 

Yuqoridagi karantin masalasida qabul qilingan Prezident Farmoniga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi”.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Karantin

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing