Koronavirus sabab Olimpiada mash’alasini yoqish marosimi muxlislarsiz o‘tadi

Sport

image

Joriy yilning 12 mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun mash’ala yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi. Koronavirusdan himoyalanish maqsadadida ushbu tadbir muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gretsiya Olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tadbir Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mash’ala estafetasini odatga ko‘ra, gretsiyalik taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda, qadimgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan stadionda alanga olgan mash’ala yunon sportchisi qo‘lidan mezbon tomonga taqdim qilinadi. Bu gal o‘q otish sporti bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori gretsiyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajarib beradigan bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, mash’alaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatiladi.

Shuningdek, ushbu tadbir bilan bog‘liq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz o‘tadi. Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Gretsiyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan.

Ayni paytda 114512 kishi koronavirus bilan kasallangan. 4027 nafar odam ushbu virus tufayli vafot etgan. 64273ta inson koronavirus kasalligidan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Koronavirus Mash'ala

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing