Koronavirus tahdidi: Italiya A Seriyasi rasman to‘xtatildi. Chempion qanday aniqlanadi?

Sport

image

Kecha, 9 mart kuni Italiya hukumati koronavirus epidemiyai bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli mamlakatdagi barcha sport musobaqalarini to‘xtatib qo‘ydi. Shu qatorda futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi ham to‘xtatildi.

Maktab va universitetlar ham kamida 3 aprelgacha yopildi.

Hozircha italyan klublarining xalqaro o‘yinlari taqdiri noma’lum. 12 mart kuni “Inter” klubi Yevropa Ligasi doirasida Ispaniyaning “Xetafe” jamoasi bilan o‘ynashi kerak edi. 17 mart kuni esa “Yuventus” Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida “Lion” bilan bellashishi lozim.

Italiya chempionatini taqdiri bo‘yicha 3 ta variant ilgari surilyapti:

Birinchisi, 2020 yildagi Yevropa chempionati boshqa vaqtga o‘tkazilgani taqdirda milliy chempionatni yozda o‘tkazish.

Ikkinchisi, o‘yinlarni musobaqaning so‘nggi oyida har 2-3 kunda o‘tkazi. Italiya Kubogi bahslari keyinroq o‘tkaziladi.

Uchinchisi, chempionatni yakunlamaslik. Bu holda musobaqa g‘olibi aniqlanmaydi va faqatgina Italiya chempionatidan yevrokuboklarda qatnashadigan jamoalar saralab olinadi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 115 davlatga kirib bordi. Undan halok bo‘lganlar 4027 nafarga, kasallanganlar 114 422 nafarga yetdi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol koronavirus A Seriya

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing