Koronavirus sabab Habib va Fergyuson jangi bekor qilinishi mumkin
Sport
−
12 mart 2020
5569Joriy yilning 18 aprel kuni UFC-249 turnirida dog‘istonlik jahon chempioni Habib Nurmuhamedov va meksikalik Toni Fergyuson o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Jang oldidan, ikki sportchi o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Lekin, UFC prezidenti Dana Uayt koronavirus sabab, ushbu jang bekor qilinishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan avval, Habib Nurmuhammedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang 4 marotaba bekor qilingan edi. Agarda, bu safar ham bahs amalga oshmasa, 5 urinish ham zoye ketgan bo‘ladi.
Habib Nurmuhammedov UFCʼdagi professional faoliyati davomida 28 marotaba oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangda Habib raqiblarini nokautga uchratgan.
Toni Fergyuson UFCʼda professional faoliyati davomida 28 marotaba jang o‘tkazgan. O‘tkazilgan janglarning 25tasida g‘alaba qozongan. 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
LiveBarchasi