Koronavirus pandemiyasi davrida ko‘zoynaklarning qanday foydasi borligi ma’lum bo‘ldi
Foydali
−
22 fevral 2021
3189Koronavirus pandemiyasi davrida ko‘zoynak taqib yuradigan odamlar undan foydalanmaydigan kishilardan ko‘ra ko‘proq himoyalangan bo‘ladi. Bu haqda hindistonlik olimlarning tadqiqotiga asoslanib, "The Sunday Telegraph" xabar bergan.
Tadqiqotchilar 304 nafar COVID-19 ga chalingan bemorni o‘rgangan va ularning 19 foizi ko‘pincha ko‘zoynak taqib yurishini aniqlagan.
Olimlarga ko‘ra, bunday aksessuarlarni kuniga sakkiz soat davomida taqib yuradiganlar koronavirus infeksiyasini kam holatda yuqtiradi, chunki ular yuz va ko‘zlariga ko‘p teginmaydi.
Shuningdek, ular ko‘zoynaklar shilliq qavat orqali yuqishi mumkin bo‘lgan COVID-19 infeksiyasini oldini oluvchi himoya omili bo‘lishi mumkinligini aniqlagan.
LiveBarchasi