Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqadimi?
Bu qiziq
−
11 mart 2020
9156Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (EFSA) bayonotiga ko‘ra, hozirda koronavirus COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat orqali insonga yuqishi isbotlanmagan. Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” ma’lum qildi.
Boshqarmaning ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishining avvalgi SARS-CoV (koronovirusning o‘tkir-og‘ir respirator sindromi) va MERS-CoV (koronovirusning Yaqin Sharq respirator sindromi) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, virusning manbasi yoki yuqishi oziq-ovqat emas.
Ta’kidlanishicha, katta tezlikda dunyoga tarqalib borayotgan COVID-19 virusini EFSA sinchkovlik bilan kuzatmoqda.
Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (YeCDC) yangi koronavirus odamdan odamga asosan havo tomchilari orqali (aksirish, yo‘talish yoki oddiygina nafas olish orqali) yuqadi. Biroq markaz aynan hayvonlar Xitoyda boshlang‘ich infeksiyaning manbai bo‘lganini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning yetakchi epidemiologi va epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya rahbari Chjan Nanshan COVID-19 epidemiyasi iyungacha tarqalishda davom etishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi