Koronavirus masalasini siyosiylashtirmaslik kerak – Xitoy

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Uxan shahrida koronavirusning yangi turi manbasini aniqlashga harakat qilgan xitoylik olimlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ishini yuqori baholadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib xabar berilgan.  

"Xitoy tomoni ushbu qo‘shma tadqiqotda qatnashgan xitoylik va chet ellik mutaxassislarning ilm-fanga bo‘lgan sadoqati, professionalligi va sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi", deyilgan bayonotda. 

Hujjatda, shuningdek, ushbu virusning kelib chiqish manbalarini o‘rganish ilmiy muammo ekanligi sababli, dunyoning ko‘plab mamlakatlari va mintaqalarida koronavirus bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirilgan. 

Shu bilan birga, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalaning siyosiylashtirilishi infeksiyaning kelib chiqish manbalarini aniqlashda global hamkorlikni sezilarli darajada murakkablashtirishi, pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha global sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilishi va odamlar orasida o‘lim soni ortishiga olib kelishini ta’kidlagan. 

Vazirlik bu narsa xalqaro hamjamiyatning epidemiyaga qarshi birlashish istagiga zid ekanligini ham ta’kidlagan. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus kelib chiqishini bilish uchun mutaxassislarning Uxanga qilgan safari natijalari to‘g‘risida hisobotni e’lon qilgandi. 

AQSHning sobiq Davlat kotibi Mayk Pompeo esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobotini tanqid qilib, uning mualliflarini Xitoyning "dezinformatsiya kampaniyasini" qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing