Koronavirus qurbonlari soni 2 mlndan oshdi

Olam

image

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni ikki milliondan oshdi. Bu haqda "Worldometers" ma’lumotlari darak bermoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 94 mln 315 ming 327 kishi koronavirus bilan kasallangan. 67 mln 346 ming 635 kishi koronavirusni yenggan. 2 mln 17 ming 913 nafar bemor virus asoratlari oqibatida vafot etgan. 

Qurbonlarning eng ko‘pi AQSHda qayd etilgan. U yerda kasallikdan 401 ming 856 nafar bemor vafot etgan. 

Achinarli statistikaning ikkinchi o‘rnidan Braziliya joy olgan, mamlakatda 208 ming 291 kishi vafot etgan. 

Hindiston 152 ming 130 nafar qurboni bilan birinchi uchlikni yopgan. 

Kecha, 15 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 ming 904 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar jami 76 ming 388 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus qurbon

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing