Koronavirus qurbonlari soni 1500 dan oshdi. Virus Afrikaga kirdi
Olam
−
15 fevral 2020
12299Xitoyda paydo bo‘lgan COVIFD-19 virusi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishamiz. Bugun, 15 fevral holatiga virusdan kasallanganlar soni 2641 nafarga ortib, 67 100 nafarga yetdi. Ahamiyatlisi kasallikka chalinganlar soni faqatgina Xitoyda ko‘paydi.
Virusdan davolanganlar soni 8206 nafarga yetdi. Bemorlarning 11 082 nafari yoki 19 foizi og‘ir ahvolda. Koronavirus qurbonlari soni 1526 nafarga yetdi.
Shuningdek, virus yana bir qit’aga kirib bordi. Kecha, Misrda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. U chet ellik.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
LiveBarchasi