Koronavirus qurbonlari 300 nafardan oshdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko‘ra dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 559 nafarga, bu virusdan  halok bo‘lganlar soni esa 305 taga yetdi. 

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlangan. 

Ko‘pgina davlatlar virus sabab Xitoy bilan chegaralarini yopmoqda. Ularning aksariyati havo va temir yo‘l bo‘yicha yuk va yo‘lovchi ham tashishni to‘xtatgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi koronavirus bartaraf etilmaguncha Xitoy bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun ilk bora Xitoy tashqarisida koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati qayd etildi. Filippinda o‘rta yoshdagi erkak virusdan vafot etdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

169

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing