Koronavirus qurbonlari 2,8 mingdan oshdi. Virus Yevropaga yoyildi

Olam

image

2019-nCoV koronavirusining tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishamiz. Bugun, 27 fevral holatiga COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 82 183 nafarni tashkil etyapti.

Saudiya Arabistoni Umra ziyoratini to‘xtatib qo‘ydi north_east

Saudiya Arabistoni Umra ziyoratini to‘xtatib qo‘ydi

Koronavirusdan davolanganlar 32 873 nafarga yetdi. 8469 nafar bemor esa hamon og‘ir ahvolda qolyapti.

Koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 2804 nafarga yetdi. Ularning 2747 nafari Xitoyda vaoft etgan. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat xitoyda barqarorlashgan bo‘lsa-da, undan tashqarida havas qilgudik ahvolda emas.

Virus dastlab Eronga kirib borib, undan Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazining qator davlatlariga kirib bordi. 2019-nCoV virusininig Italiyada avj olishi ortidan epidemiya Yevropaning ko‘plab davlatlariga yoyildi. Xususan, Italiyadan keyin Xorvatiya, Jazoir, Gretsiya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Shveysariya, Norvegiya, Braziliyada koronavirus aniqlandi.

Ayni vaqtda virus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan keyin Eron ikkinchi (19 kishi), Janubiy Koreya uchinchi (13 kishi) bo‘lib turibdi. Koronavirusni butkul yengganini e’lon qilgan Fransiyada esa 2 kishi virusdan halok bo‘ldi, 4 kishi COVID-19 aniqlandi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Seuldan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchilari vaqtincha karantinga olindi north_east

Seuldan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchilari vaqtincha karantinga olindi

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 47 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing