Koronavirus qancha odamning yostig‘ini quritdi? Rekord yangilandi

Olam

image

Dunyo miqyosida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 dan vafot etganlar yarim milliondan oshib, 501 940 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlar esa 10 million 146 971 nafarga yetdi. Qurbonlar umumiy bemorlar ko‘rsatkichining 4,9 foizini tashkil etmoqda. 

O‘lim holatlar bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSH egallab turibdi. Qo‘shma shtatlar kasallanish bo‘yicha ham birinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 2 million 548 996 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ularning 125 803 nafari vafot etgan. 

Keyingi o‘rinni esa kasallanish holatlari reytingiga mos ravishda Braziliya egallab turibdi. Braziliyada 1 million 344 143 kishi kasallangan, 57 622 kishi vafot etgan. 

Uchinchi o‘rinni dunyoga ustunlikka da’vo qiluvchi Buyuk Britaniya egalamoqda. Mamlakatda kasallanish holatlari soat sayin yuqorilamoqda. Ammo sog‘ayish o‘ta achinarli ahvolda. Buyuk Britaniyada 312 640 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ularning 43 634 nafari bu dunyo bilan xayrlashdi. 

Kasallanish bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinda turgan Italiya esa o‘lim holati bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqib olgan. Mamlakatda 240 310 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 34 738 nafari vafot etgan. 

Kasallik tarqalish darajasi bo‘yicha o‘rnini boshqa mamlakatlarga bo‘shatib, o‘nlikdan chiqib ketgan Fransiyada esa 199 476 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 29781 nafari vafot etgan. 

Ispaniya esa hamon xavfli mamlakatlar qatorida turibdi. Mamlakatda 248 770 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, ularning 28 343 nafari vafot etdi. 

Meksikadagi vaziyat okean ortidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda nisbatan qoniqarli. Bu mamlakatda kasallanish holatlari 216 852 taga yetgan. Bemorlarning 26 648 nafari esa vafot etgan. 

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan Hindiston kasallanish holati bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 548 318 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Ularning 16 475 nafari vafot etgan. 

Koronavirus avj olgan yana bir mamlakat Eronda esa vaziyat mo‘tadillashmoqda. Eron koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda Italiyadan keyingi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 222 669 kishi koronavirus yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 10 508 nafari vafot etgan. 

O‘lim holatlari bo‘yicha o‘nlikni Belgiya yakunlab beradi. Belgiyada kasallanish holatlari yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlardan ancha past. Bugun ushbu mamlakatda 61 295 kishi kasallanganiga qaramay, ularning 9732 nafari yoki 15,8 foizi vafot etgan. 

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 8031 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda o‘lim holatlari 22 taga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 5329 ni ko‘rsatmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing