Koronavirus insultga chalinish xavfini oshiradi

Salomatlik

image

Koronavirus insult xavfini olti barobarga oshiradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh kardiologi Sergey Boysov ma’lum qilgan.

"Insult. Koronavirusda uning xavfi sezilarli darajada oshadi. Grippga qaraganda olti barobar ko‘p", degan Boysov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada shifoxonaga yotqizilgan koronavirus bilan zararlanganlarning har uchinchisida yurak-qon tomir kasalliklari mavjud. Ular koronavirusning ham og‘ir darajada o‘tishiga ta’sir qiladi.

"Yurak-qon tomir kasalligi mavjud odamlar koronavirus yuqtirgan taqdirda ularning shifoxonaga yotqizilish xavfi olti barobarga oshadi. O‘lim xavfi esa 12 barobarga oshadi", deya qo‘shimcha qilgan kardiolog.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 38 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p odam virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

insul't koronavirus

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing