Koronavirus – endi navbat 9 maygami?
Olam
−
25 mart 2020
18085Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 9 may kuni o‘tadigan “G‘alabaning 75 yilligi” bayramini qoldirilishi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala muhokama qilinadi, ammo hali bir qarorga kelingani yo‘q.
“Ushbu masala, so‘zsiz muhokama qilinadi. Hali hech qanday qarorga kelinmadi, tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bu masala epidemiologik vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq. Turli xil variantlar ko‘rib chiqilmoqda”, dedi Peskov.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 662 odam chalindi. 30 bemor shifo topdi.
Aytish mumkinki, koronavirus pandemiyasi sabab dunyodagi ko‘plab tadbirlar bekor qilindi. Bunga futbol bo‘yicha chempionatlarni, xalqaro tennis musobaqalarini, turli konsert, ko‘rgazma va kinotaqdimotlarni misol qilib keltirish mumkin.
Kecha, 25 mart kuni Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida 2020 yilda o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi Olimpiada o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab 1 yilga kechiktirildi.