Koronavirus: Dunyoda kasallanganlar soni yana bir “dovon”ni zabt etdi

Olam

image

Dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 7 milliondan oshib ketdi. Worldometers statistika portali ma’lumotlari shunday ko‘rsatmoqda.

Unga ko‘ra, bugun, 7 iyun soat 19:13 holatiga dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari 7 019 934 taga yetdi. COVID-19 dan vafot etganlar esa 400 mingdan, undan sog‘ayganlar 3 milliondan oshdi. 

Hozirda 3 180 915 kishida koronavirus faol holatda. Ularning 3 127 165 (98 foiz) nafarining ahvoli yaxshi, 53 750 (2 foizi) nafari esa og‘ir ahvolda.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda boryapti va boshqa biror davlatning bu borada unga yetib olishi amrimahol. Amerikada 1 990 602 kishida koronavirus aniqlangan. Uning ortidan Braziliya (676 494), Rossiya (467 673), Ispaniya (288 390), Buyuk Britaniya (284 868), Hindiston (253 329), Italiya (234 801), Peru (191 758), Germaniya (185 732) va Eron (171 789) boryapti.

Bugungacha ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning 402 809 nafari vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha AQSH (112 128 nafar qurbon), Buyuk Britaniya (40 465), Braziliya (36 044), Italiya (33 846), Fransiya (29 142), Ispaniya (27 135), Meksika (13 511), Belgiya (9 595), Germaniya (8 770) va Eron (8 281) yetakchilik qilyapti.

Jami bemorlarning 3 432 368 nafari sog‘aygan. Bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga AQSH (752 049 nafar bemor sog‘aygan), Braziliya (302 084), Rossiya (223 731), Germaniya (169 100), Italiya (165 078), Turkiya (135 322), Eron (134 349), Hindiston (120 203), Chili (95 631) va Peru (82 731) kirgan.

AQSHning Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar 6 927 639 nafarni tashkil qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

187

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing