Koronavirus: dunyo antirekordi yangilandi

Olam

image

Kecha, 10 iyul kuni dunyoda yangi aniqlangan koronavirus bilan zararlanish holatlari bo‘yicha antirekord yangilandi. Bir sutkada 228 186 kishida koronavirus qayd etildi. Dunyoda 5 568 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Bu pandemiya boshlangan davrdagi eng yomon sutkalik ko‘rsatkich. Iyulda oyda esa beshinchi bor sutkalik o‘sish 200 mingdan oshyapti.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan AQSHda ham sutkalik antirekord yangilandi. Mamlakatda bir sutkada 68 mingdan ortiq odamda COVID-19 qayd etilgan.

Bugun kunning o‘tgan qismida 219 983 kishida koronavirus aniqlangan va 5 286 kishi vafot etgan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 12 322 395 kishida koroanvirus aniqlangan. Ularning 556 335 kishi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

960

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing