“Koronavirus chekinmoqda”. Merkel Germaniyada koronavirus holati bo‘yicha bayonot berdi

Olam

image

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel mamlakatda koronavirus tarqalishi sekinlashgani haqida xabar berdi. U fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va ko‘chalarda hamda ishxonalarda masofa qoidalariga rioya qilishda davom etishga chaqirdi.

Kanslerning ta’kidlashicha, virus tarqalishi bo‘yicha statistikadagi o‘zgarishlar yaxshi umid qilish uchun asos bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi nazorat choralarini yanada kuchaytirish uchun hech qanday sabab yo‘q.

“Biz diqqatimizni jamlashimiz kerak. Pasxa bayramida va undan keyin ham karantin qoidalariga amal qilishda davom etishimiz lozim. Aksincha bo‘lsa, erishgan yutuqlarimizni tezda yo‘q qilishimiz hech gap emas”, dedi Merkel.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq 118 235 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 52 407 nafari yoki 47 foizi sog‘aygan, 2 607 nafari esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Angela Merkel' Koronavirus

Baholaganlar

274

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing