Koronavirus bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi 

Olam

image

So‘nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,6 millionga oshdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kecha, 10 noyabr kuni Jenevada ma’lum qilgan. 

Koronavirusdan vafot etganlar soni esa o‘tgan haftada 54 mingdan oshgan. Bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichdan 9 mingtaga ko‘pdir. 

"So‘nggi bir hafta ichida COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni o‘tgan haftaga nisbatan 8 foizga o‘sib, 3,6 milliondan oshdi", deyilgan JSST axborotnomasida. 

Ta’kidlanishicha, bir hafta ichida kuzatilgan yangi holatlarning eng katta qismi Yevropa mintaqasiga to‘g‘ri kelgan. 

So‘nggi bir haftada koronavirus yuqtirib olganlarning yarmidan ko‘pi (54 foizi) va vafot etganlarning deyarli yarmi (47 foizi) aynan Yevropada qayd etilgan.

Yetti kun ichida o‘sish bo‘yicha bundan oldingi rekord 26 oktyabrdan 1 noyabrgacha qayd etilgan. O‘sha haftada 3,3 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich yaqin bir necha oy ichida dunyodagi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holat, ayniqsa Shimoliy yarimsharda keskinlashishi haqida aytgandi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 52 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ANTIREKORD

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing