Koronavirus bilan bog‘liq holat juda murakkablashadi - JSST rahbari

Olam

image
Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi vaziyat yaqin oylar ichida juda murakkablashadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qilgan.
 
"Biz pandemiyaning juda muhim chorrahasida turibmiz, ayniqsa, shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy juda og‘ir bo‘ladi, ba’zi mamlakatlar xavfli trayektoriyada turibdi", deya ogohlantirgan Gebreyesus.
 
Uning aytishicha, ko‘plab davlatlarda kasallanish holatlarining keskin oshishi kuzatilgan. Bu esa yaqin vaqt ichida sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarning tugab qolish xavfini yuzaga keltiradi.
 
JSST rahbari dunyo mamlakatlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga va o‘lim darajasi, kasallanish tezligi oshishining oldini olishga chaqirgan. U shuningdek, maktablarni yopish haqida ham alohida ta’kidlagan. 
 
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 42 million 489 ming 901 tani tashkil etib turibdi. 1 million 149 ming 229 kishi vafot etgan. 31 million 427 ming 9 nafar bemor esa sog‘ayib ketgan.

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

769

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing