Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Olam

image

Turkmaniston Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi ma’lum qildi.

“Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini o‘z hududida qo‘llashni rasman ma’qulladi”, degan fond bosh direktori Kirill Dmitriyev.

Qayd etilishicha, Turkmanistonda “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazish qo‘shimcha klinik sinovlarsiz, tezlashtirilgan shaklda amalga oshirilgan.

Bungacha vaksina Argentina, BOliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesueda va Paragvayda shunday tezlashtirilgan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgand.

Vaksina, shuningdek, Belarusda ham ro‘yxatga olingan.

Ma’lumot uchun, koronavirus tarqala boshlaganiga bir yildan oshgan bo‘lsa-da Turkmaniston hukumati mamlakatda infeksiya aniqlanmaganini ta’kidlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston vaktsina

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing