Koronavirus aniqlangan xorijliklar O‘zbekistonga kiritilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston koronavirus aniqlangan chet ellik fuqarolarni kiritmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 17 iyuldagi tegishli bayoni bilan O‘zbekiston chegaralarida COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida qator choralar belgilandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 20 iyuldan boshlab respublika hududiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali horijliklarning kirishi taqiqlanadi.

Ma’lum qilinishicha, avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslarni o‘z mablag‘lari hisobidan ekspress-test usulida tahlil topshirtirish, natijasi musbat chiqqan chet el fuqarolarini mamlakat hududiga kiritilmaydi.

Bunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan, yashayotgan chet el fuqarolari, O‘zbekistonda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mustasno. Ushbu kategoriyadagi shaxslar musbat chiqqan taqdirda alohidalanadi (izolyatsiya).

Biroq So‘x tumani, Shohimardon, Cho‘nqara, Toshtepadagi avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari alohida hududlar deb yuritilib, O‘zbekistondan tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari COVID-19’ga qarshi barcha turdagi test tahlillarini topshirishlari talab etilmaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari ham test tahlillarini topshirishlari shart emas.

Ma’lumot o‘rnida, havo va temir yo‘llari qatnovlari Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 13 martdagi 65-sonli bayoni asosida davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara post

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing