Qirg‘iziston bilan chegarada yangi post ochildi (video)
Jamiyat
−
01 Sentabr 2023 13170 1 daqiqa
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qirg‘iziston bilan chegara posti ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Chegara postining ochilish marosimida O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari uchrashdi. Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqdi va ikki tomonlama amalga oshirilishi ko‘zlangan rejalardan yana biriga erishilgani bilan tabrikladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari chegarasidagi 2 ta “Selinniy” va “Sirdaryo” o‘tish punktlari xalqaro maqomga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi