Koronavirus: 3 oyda xavf guruhiga kiruvchilarning necha foizi emlandi?
Jamiyat
−
03 iyul 2021
5533O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash kampaniyasiga boshlanganiga ham mana 3 oy to‘ldi. Bu vaqt davomida asosan 65 yoshdan kattalar, surunkali kasalligi bor insonlar va xavf guruhiga kiruvchi kasb egalari emlandi.
SSV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vaksinatsiyaning uch oyi davomida maktab o‘qituvchilari 667888 doza vaksina qabul qildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 361896 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 239208 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 66784 nafarni tashkil qildi.
Ushbu xavf osti guruhiga mansub 551506 nafar fuqaro emlanuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 1-doza vaksinalarini olgan fuqarolar jami emlanuvchilarning 65 foizini tashkil qilmoqda.
Uch oyi davomida tibbiyot xodimlari 750139 doza vaksina qabul qildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 368389 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 307127 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 74623 nafarni tashkil qildi.
Tibbiyot xodimlarini orasida vaksinalarning 2- yoki 3-bosqichiga qadar to‘liq emlanganlar 234 980 nafarni tashkil qilmoqda.
Vaksinatsiyaning uch oyi davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari 234487 doza vaksina qabul qildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 129568 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 85533 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 19386 nafarni tashkil qildi.
Ushbu xavf osti guruhiga mansub 178410 nafar fuqaro emlanuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 1-doza vaksinalarini olgan fuqarolar jami emlanuvchilarning 72 foizini tashkil qilmoqda.
Vaksinatsiyaning uch oyi davomida surunkali kasalligi bor fuqarolar 623945 doza vaksina qabul qildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 438866 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 154804 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 30275 nafarni tashkil qildi.
Ushbu xavf osti guruhiga mansub 766826 nafar fuqaro emlanuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 1-doza vaksinalarini olgan fuqarolar jami emlanuvchilarning 57 foizini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi